عَلَى الْعَقِيقِ اجْتَمَعْنَا
Aqiqda jam boʻldik
Uz
عَلَى الْعَقِيقِ اجْتَمَعْنَا
نَحْنُ وَسُودُ الْعُيُونِ
Aqiq vodiysida jam bo'ldik
biz va ko'zi qoralar
مَا ظَنِّ مَجْنُونَ لَيْلَى
قَدْ جُنَّ بَعْضَ الْجُنُونِ
Layli Majnuni haqida ne o'ylaysan?
U bu telbalikning bir qisminigina totgan edi
فَيَا عُيُوني عَيَوْنِي
وَيَا جُفُونِي جَفَوْنِي
Ey ko'zlarim, meni toliqtirdingiz
ey kipriklarim, menga jafo qildingiz
وَيَا قُلَيْبِي تَصَبَّرْ
عَلَى الَّذِي فَارَقُونِي
Ey jajji qalbim, sabr qil
meni tark etganlar sababli
فَارَقْتُهُمْ يَوْمَ الاِثْنَيْنِ
صُبْحَ الثَّلَاثَا وَاحِشُونِي
Ulardan dushanba kuni ayrildim
seshanba tongida sog'inchdan g'arib bo'ldim
هُمْ سَادَةٌ خَلَّفُونِي
أَبْكِي دَماً مِنْ عُيُونِي
Ular meni ortda qoldirgan ulug'lardir
ko'zlarimdan qon yosh to'kdirdilar
بَكَيْتُ حَتَّى رَثَانِي
الْطَّيْرُ فَوْقَ الْغُصُونِ
Shunchalik yig'ladimki, hatto
shoxlardagi qushlar menga achindilar
بِاللهِ إِنْ مُتُّ شَوْقاً
بِأَدْمُعِي غَسِّلُونِي
Alloh haqqi, agar sog'inchdan o'lsam
meni o'z ko'z yoshlarim bilan yuvinglar
نُوحُوا عَلَيَّ وَقُولُوا
هَذَا قَتِيلُ العُيُونِ
Ustimda ohu zor qiling va ayting:
"Bu o'sha ko'zlar qurbonidir"
مَا زِلْتُ حَوْلَ الْمَطَايَا
أَقُولُ بِاللهِ احْمِلُونِي
Hanuz ulovlar atrofida aylanib
"Alloh haqqi, meni ham olib keting", deyman
إِلَى مَنَازِلِ قَوْمِي
سَارُوا وَمَا وَدَّعُونِي
Qavmimning manzillari tomon
ular vidolashmay jo'nab ketdilar
رُوحْ يَا رَسُولِي إِلَيْهِمْ
سِرْعاً وَقَبِّلْ يَدَيْهِمْ
Ey elchim, ularning huzuriga bor
shoshil va qo'llarini o'p
وَاقْرَأْ سَلَامِي عَلَيْهِمْ
لَعَلَّهُمْ يَقْبَلُونِي
Ularga mening salomimni yetkaz
shoyadki meni qabul qilsalar
جَانِي الْرَّسُول وَهُوَ يَضْحَكْ
وَقَالَ أَبْشِرْ بِصُلْحِكْ
Elchim huzurimga jilmayib keldi
va dedi: "Yarashuvdan xushxabar top!"
وَحَيَاةِ عَيْشِكَ وَمِلْحِكْ
هُمْ بِالوِصَالِ وَاعَدُونِي
O'rtadagi tuz-u non haqqi
ular menga visolni va'da qildilar