يَـا سَـيِّـدَ الرُّسْـلِ غَـارَة
Ey Payg‘ambarlar Sardori, Himoya Ber
Uz
Uz
الله الله يَا الله الله الله يَا الله
يَـا رَبِّ صَـلِّ عَـلَـى الـمُخْتَارِ خَيْرِ العَبِيدْ
Alloh, Alloh, yo Alloh! Alloh, Alloh, yo Alloh!
Yo Rabb, bandalarning afzali — Muxtorga salovot yoʻlla.
يَـا سَـيِّـدَ الرُّسْـلِ غَـارَةْ لِأَقَـلِّ الـعَـبِـيـدْ
بِـوَصْلِ مَـحْبُوبِ قَـلْبِي يَـنْطَفِي ذَا الوَقِيدْ
Yo rasullar sayyidi, eng xokisor bandaga madad ber
Qalbim mahbubining vasli ila bu olov oʻchur.
قَـدْ يَـجْـمَـعُ اللهُ مِـنْ بَعْدِ الأَيَـاسِ البَعيدْ
وَكَيْفَ آيِسْ وَهُـوْ قَـادِرْ عَـلَـى مَـا يُرِيـدْ
Alloh uzoq noumidlikdan soʻng vaslga yetkurur
U Oʻzi xohlagan har narsaga qodir boʻlsa, men nega noumid boʻlay?
نَـذَرْتُ شَافْعَلْ إذَا شَاهَدْتُ عَيدِيدَ عِيدْ
يَــا وَادِيَ الغِيدِ ذِي مَــا مِثْلُهُمْ قَــطُّ غِيدْ
Aydid bayramini koʻrsam, ne qilishni nazr etdim
Yo goʻzallar vodiysi, sendagidek goʻzallar aslo boʻlmas.
قُـولُـوا لَـهُـمْ: مَـا تَـرِقُّوا لِلغَرِيبِ الوَحِيدْ
مَـهْـلاً مِـنَ البُعْدِ مَهْلاً مَـا عَـلَـى ذَا مَزِيدْ
Ularga ayting: gʻarib va tanho kimsaga rahm qilmaysizlarmi?
Bu hijron kifoya, kifoya; ortigʻiga toqat yoʻqdir.
وَلَا بَـلـي قَــطّْ شَوْقِي غَـيـرَ دَائِـمْ جَدِيدْ
لِعَيْدَرُوسِ الـمَـعَـالِـي ثُــمَّ سَعْدِ السَّعِيدْ
Shovqu ishtiyoqim aslo soʻnmas, balki doim yangilanur
Yuksak martabali Aydarus va baxtiyor Saʼd ishqida.
كَـمْ دَمَّـرُوا لِـي أَعَـادِي رُبَّ ظَـالِـمْ عَنِيدْ
وَأَنَا بِهِم إِنْ قَصَرْ جَهْدِي فِي النَّاسِ جِيدْ
Ular men uchun qancha dushman va qaysar zolimlarni mahv etdilar
Kuchim yetmasa-da, ular sabab xalq ichida azizman.
وَكُـلُّ عَـامٍ يَـقُـولُــوا هَــانْ وَأَنــا أَزِيــدْ
بِـعَـونِ رَبِّـي وَأَخْـتِـمْ بِـالـوَلِـيِّ الـحَمِيدْ
Har yili «zaiflashdi» derlar, holbuki men ortib borurman
Rabbim madadi ila va duomni maqtalgan valiy bilan yakunlarman.
صَـلُّـوا عَـلَـى أَحْـمَـدْ وَمَـنْ صَلَّـى عَـلَـى أَحْـمَـدْ يُـفِـيـدْ
Ahmadga salovot ayting, zero kimki Ahmadga salovot aytsa, foyda topur