أَلْفٍ صَلَّى الله عَلَى زَيْنِ الْوُجُودْ
Borliq ziynatiga Allohning ming salovoti bo'lsin.
Uz
أَلْفٍ صَلَّى الله عَلَى زَيْنِ الْوُجُودْ
مَنْ سَكَنْ طَيْبَة وَخَيَّمْ في زَرُودْ
Mavjudot ziynatiga Allohdan minglab salovotlar bo‘lsin,
Taybada yashab, Zarudda qo‘nim topgan zotga.
يَا بُدُورَ الْحَيِّ يَا رَبْعَ الْكِرَامْ
بَلِّغُو ظَبْيَ الْحِمَى مِنِّي السَّلَامْ
Ey mahalla to‘lin oylari, ey karamlilar maskani,
Haram ohusiga mendan salom yetkazing.
إِنْ تَهَتَكْنَا عَلَيْكُمْ لَا نُلَامْ
غَلَبَ الْوَجْدُ عَلَيْنَا وَ الْغَرَامْ
Siz sabab sirlarimiz fosh bo‘lsa-da malomat qilinmasmiz,
Zero, bizni kuchli ishtiyoq va ishq butkul yengib qo‘ydi.
لَا يَنَامُ اللَّيْلَ عَاشِقْ مُسْتَهَامْ
إِنَّمَا النَّومُ عَلَى الْعَاشِقْ حَرَامْ
Shaydo oshiq tunlari aslo uyqu bilmas,
Chunki oshiq uchun uyqu harom qilingandir.
سَادَتِي إِنْ لَمْ تَحِنُّو بِاللِّقَا
مِتُّ وَجْدًا فَلَكُمْ طُولُ الْبَقَاء
Sayyidlarim, agar diydor ila marhamat qilmasangiz,
Sog‘inchdan vafot eturman, sizga esa boqiy umr bo‘lsin.
أَنَا إِنْ لَمْ أَهْوَا غِزْلَانَ النَّقَاء
أَيُّ فَرْقٍ بَيْنَ قَلْبِي وَ الْجَمَادْ
Agar Naqo g‘izallariga ko‘ngil bermas ekanman,
Mening qalbim bilan jonsiz toshning ne farqi bor?
آنَسَ اللهُ بِكُمْ أَوْقَاتَنَا
وَسَقَى وَادِيكُمُ فَيْضَ الْغَمَامْ
Alloh siz bilan on-u lahzalarimizni fayzli qilsin,
Vodiylaringizni esa mo‘l-ko‘l bulutlar sug‘orsin.