أَيَا مُرِيْدَ الله
Uz
الله الله الله الله سَيَّدِي الله
الله الله الله اَلْعَظِيْمُ الله
Alloh Alloh Alloh Alloh, Sayyidim Alloh
Alloh Alloh Alloh, Buyukdir Alloh
أَيَا مُرِيْدَ اللهُ نُعِيدْ لَكْ قَوْلِ اصْغَهْ
إِذَا تَفْهَمْ قَوْلِي بِهِ تَصِلْ لِلّهْ
Ey Alloh muridi, senga bir so‘zni qaytarib aytaman, tingla
Agar so‘zimni anglasang, u orqali Allohga yetarsan
عَلَيْكَ يَا مُرِيدْ بِخَمْرَةِ التَّوْحِيدُه
وَإِنْ تَبْغِ الْمَزِيدْ فَالْغَيْرُ عَنْكَ انْسَهْ
Ey murid, tavhid sharobini ichish senga lozimdir
Agar ziyodasini istasang, Undan o‘zgasini unutgin
فَاذْكُرْ الاسْمَ الْأَعْظَمْ وَاطْوِ الْكَوْنَ تَغْنَمْ
وَخُضْ بَحْرَ الْقِدَمْ فَذَاكَ بَحْرُ الله
Ismi A’zamni zikr qil va borliqni ortda qoldirib, yutuqqa erish
Azaliylik ummoniga sho‘ng‘i, u Allohning ummonidir
وَخُضْ بَحْرَ الْأَنْوَارْ وَالْمَعْنَى وَالْأَسَرَارْ
وَافْنِ هَذِي الدِّيَارْ يَبْلُغْ قَلْبُكْ مُنَاهْ
Nurlar, ma’nolar va sirlar ummoniga sho‘ng‘igin
Bu manzillarni foni qil, qalbing o‘z murodiga yetsin
وَلْتَفْنَ في الْمَعْبُودْ تَذُوقْ مَعْنَى الشُّهُودُ
إِذْ لَيْسَ ذَا الْوُجُودْ إِلَّا مِنْ نُورِ الله
Ma’budda foni bo‘lgin, shuhud ma’nosini totursan
Zero, bu borliq faqat Allohning nuridandir
الْمُلْكُ وَالْمَلَكُوتْ كَذَاكَ الْجَبَرُوتْ
فَكُلُهَا نُعُوتْ وَالذَّاتُ مُسَمَّاهُ
Mulk va malakut, hamda jabarut olami
Ularning barchasi sifatlardir, Zot esa Nomlangandir
فَغِبْ عَنِ الصِّفَاتْ وَافْنَ في ذَاتِ الذَّاتْ
هَذِي تَلَوُّنَاتْ مَصِيرُهَا لِلِهُ
Sifatlardan g‘oyib bo‘l va Zotning Zotida foni bo‘l
Bular rang-barang tovlanishlar bo‘lib, oqibati Allohgadir
إِلَيْهِ الْمُنْتَهَى وَمِنْهُ الْمُبْتَدَا
وَالْآنَ قَدْ بَدَا وَالْكَوْنُ فِي حُلَاهْ
Intiho Ungadir va ibtido Undandir
Mana endi U namoyon bo‘ldi va borliq Uning ziynatidadir
لَهُ الْكَوْنُ مِرْآتْ وَمَظْهَرُ الصِّفَاتْ
مُحَمَّدْ نُورُ الذَّاتْ عَلَيْهِ صَلَّى الله
Borliq Uning ko‘zgusi va sifatlar mazharidir
Muhammad Zotning nuridir, unga Allohning saloti bo‘lsin
الْعَلَاوِيْ يَقُوْلْ قَوْلًا مِنْهُ مَقْبُولُ
تَهِيْمُ بِهِ الْعُقُولْ تَغِيبْ فِي ذَاتِ الله
Alaviy qabul bo‘lgusi bir so‘zni aytadir
Undan aqllar hayratga tushar, Allohning Zotida g‘oyib bo‘lur