يَا جَمَالَ النَّبِيِّ يَا حَنَانَ النَّبِيِ
O Beauty of the Prophet, O Compassion of the Prophet
Uz
يَا جَمَالَ النَّبِيِّ
يَا حَنَانَ النَّبِيِ
Ey Nabiyning jamoli
Ey Nabiyning mehru shafqati
وَاللَّهِ الْعَظِيمِ يَا نَاسُ
مَا لِينَا غَيْرُ النَّبِيِ
Ulug‘ Allohga qasamki, ey insonlar
Bizning Nabiyimizdan o‘zga hech kimimiz yo‘q
مَا لِينَا غَيْرُهْ هُوَ
سَاكِن فِي الْقَلْبِ جُوَّة
Bizning Undan o‘zga suyanchimiz yo‘q
U qalbimizning tub-tubida yashovchidir
دَهْ حَبِيبي وَرُوحُي هُوَ
وَضَمَّنِي سَيِّدُنَا النَّبِي
U mening habibim va mening ruhimdir
Sayyidimiz Nabiy meni o‘z og‘ushiga oldi
مَا لِينَا غَيْرُهُ ثانِي
طَرْفُهْ أَكْحَلُ رَبَّانِي
Bizning Undan o‘zga ikkinchi bir kishimiz yo‘q
Ko‘zlari tabiiy surmalangan, nuri ilohiydir
أَبْلَجُ وَرْدِيُّ الْوَجَانِ
حَبِيبُنَا سَيِّدُنَا النَّبِي
Peshonasi ochiq, yuzlari gulgun
Habibimiz, Sayyidimiz Nabiy
مَا لِينَا غَيْرُ الرَّسُولِ
جَمَالُهُ يَسْبِي الْعُقُولَ
Bizning Rasulimizdan o‘zga hech kimimiz yo‘q
Uning jamoli aqllarni maftun etar
نَظْرَةً يَا أَبَا الْبَتُولِ
جُدْ بِزَوْرَةٍ يَا نَبِي
Bir bor nazar qiling, ey Batulning otasi
Bir ziyorat ila bizni siylang, ey Nabiy
كَفُّكَ يَا طَهَ طَاهِرُ
ذِكْرُكَ سِرُّ الْبَشَايِرِ
Ey Toha, Sizning kaftingiz pokizadir
Sizning zikringiz xushxabarlar siridir
يَا جَابِرَ لِلْخَوَاطِرِ
اجْبُرْنَا يَا سَيِّدَنَا النَّبِي
Ey siniq ko‘ngillarni butlovchi
Bizning ham ko‘nglimizni shod eting, ey Sayyidimiz Nabiy
نُورُ الْمُصْطَفَى أَحْمَدُ
نُورٌ أَزَلِيٌّ سَرْمَدُ
Mustafo Ahmadning nuri
Azaliy va mangu nurdir
أَوَّلُ مَا رَبِّي أَوْجَدَ
نُورُكَ يَا سَيِّدَنَا النَّبِي
Rabbim eng avval vujudga keltirgan narsa
Sizning nuringizdir, ey Sayyidimiz Nabiy