مَنْ مِثْلُ أحمد
Ahmadga o‘xshagan kim bor?
Uz
Uz
اللهْ اللهُ اللهْ اللهُ
اللهْ اللهُ تَبَارَكَ اللهُ
Olloh Olloh, Olloh Olloh
Olloh Olloh, Olloh naqadar muborakdir
مَنْ مِثْلُ أَحْمَدَ فِي الكَوْنَيْنِ نَهْوَاهُ
بَدْرٌ جَمِيعُ الوَرَى فِي حُسْنِهِ تَاهُوا
Ikki olamda Ahmad kabi kim bor biz sevadigan?
U bir to'lin oydirki, butun xaloyiq uning husnida lol qolgan
مَن مِثْلُهُ وَ إِلَهُ الْعَرْشِ شَرَّفَهُ
بِالْخَلْقِ وَ الْخُلْقِ إِنَّ اللَّهَ أَعْطَاهُ
Kim u kabi bo'la olur? Arshning Robbisi uni sharafladi
Ham xilqat, ham xulq bilan, darhaqiqat Olloh unga buni ato etdi
وَالشَّمْسُ تَخْجَلُ مِنْ أَنْوَارِ طَلْعَتِهِ
حَارَتْ عُقُولُ الْوَرَى فِي فَهْمِ مَعْنَاهُ
Quyosh uning chehrasining nurlaridan xijolat chekar
Insonlar ongi uning mohiyatini anglashda hayratda qoldi
تَبَارَكَ اللَّهُ مَا أَحْلَى شَمَائِلَهُ
حَازَ الْجَمَالَ فَمَا أَبْهَى مُحَيَّاهُ
Olloh naqadar buyuk, uning go'zal sifatlari naqadar shirin
Jamol unga xos bo'ldi, yuzi naqadar munavvardir
يَا عُرْبَ وَادِي النَّقَى يَا أَهْلَ كَاظِمَةٍ
فِي حَيِّكُمْ قَمَرٌ فِي الْقَلْبِ مَثْوَاهُ
Ey Naqo vodiysi arablari, ey Kozima ahli
Sizning mahallangizda bir oy borki, uning maskani qalbdadir
صَلَّى عَلَيْهِ إِلَهُ الْعَرْشِ مَا طَلَعَتْ
شَمْسٌ وَ مَا حَدْحَدَ الْحَادِي مَطَايَاهُ
Arshning Ilohi unga salovot aytsin, modomiki quyosh chiqar ekan
Va modomiki tuyakash o'z tuyalarini qo'shiq bilan boshqarar ekan
اللهُ بِالْمَدْحِ لِلْمُخْتارِ مَنَّ عَلَيّْ
عَسَى يُرى لِيَ بَيْنَ المَادِحِيْنَ حَلَي
Olloh menga Tanlangan zotning madhini nasib etdi
Shoyadki, madh etuvchilar orasida menga ham bir o'rin ko'rilsa
إِذَا أَتَيْتُ لِأَقْرَا الصُّحْفَ مِنْ عَمَلِيْ
مَالِي سِوَى مَنْ لَهُ فَضْلٌ يُشِيْرُ إِلَىّ
Amallarim bitilgan sahifalarni o'qishga kelganimda
Menga lutf ko'rsatuvchi Zotdan boshqa hech kimim yo'qdir
مُحَمَّدٌ سَيِّدُ الكَوْنَيْنِ وَالثَّقَلَيْـنِ
وَالفَرِيقَيْنِ مِنْ عُرْبٍ وَمِنْ عَجَمِ
Muhammad ikki olam va saqalayn (insu jin) sayyididir
Arabu ajamdan iborat ikki guruhning sarvaridir
هُوَ الحَبِيبُ الذِّي تُرْجَى شَفَاعَتُهُ
لِكُلِّ هَوْلٍ مِنَ الأَهْوَالِ مُقْتَحَمِ
U shunday bir seviklidirki, shafoati umid qilinur
Bostirib keluvchi har bir daxshatli g'am-g'ussa qarshisida
نَبِيُّنَا الآمِرُ النَّاهِي فَلاَ أَحَدٌ
أَبَرَّ فِي قَوْلِ لاَ مِنْهُ وَلاَ نَعَمِ
Payg'ambarimiz buyuruvchi va qaytaruvchidir, bas, hech kim
"Yo'q" yoki "ha" deyishda undan ko'ra sodiqroq emasdir
كَالزَّهْرِ فِي تَرَفٍ وَالبَدْرِ فِي شَرَفٍ
وَالبَحْرِ فِي كَرَمٍ وَالدَّهْرِ فِي هِمَمِ
Latofatda chechak kabi, sharafda to'lin oy kabi
Karamda dengiz kabi, azmu shijoatda zamon kabi
يِا رَبِّ بِالمُصْطَفَى بَلِّغْ مَقَاصِدَنَا
وَاغْفِرْ لَنَا مَا مَضَى يَا وَاسِعَ الكَرَمِ
Yo Rabbim, Mustafo hurmati maqsadlarimizga yetkaz
O'tgan gunohlarimizni kechir, ey karami keng Zot
وَاغْفِرْ إِلَهِي لِكُلِ المُسْلِمِينَ بِمَا
يَتْلُونَ فِي المَسْجِدِ الأَقْصَى وَفِي الحَرَمِ
Ilohim, barcha musulmonlarni mag'firat et
Masjidi Aqso va Haramda tilovat qilingan oyatlar hurmati
بِجَاهِ مَنْ بَيْتُهُ فِي طَيْبَةٍ حَرَمٌ
وَإسْمُهُ قَسَمٌ مِنْ أَعْظَمِ الْقَسَمِ
Uyi Taybada muqaddas haram bo'lgan zotning qadri hurmati
Va uning ismi qasamlar ichra eng buyuk qasamdir