فَيَا نَفَحَاتِ اللهِ يَا عَطَفَاتِهِ
O Divine Breaths of Allah, O His Affections
Uz
فَيَا نَفَحَاتِ اللهِ يَا عَطَفَاتِهِ
وَيَا جَذَبَاتِ الْحَقِّ جُودِي بِزَوْرَةِ
Ey Allohning nafahalari, ey Uning lutf-u marhamatlari
Ey Haqning jazbalari, bir ziyorat ila saxovat ko‘rsatgil
وَيَا نَظَرَاتِ اللّهِ يَا لَحَظَاتِهِ
وَيَا نَسَمَاتِ اللُّطْفِ أُمِّى بِهَبَّةِ
Ey Allohning nazarlari, ey Uning lutfli boqishlari
Ey lutf shabadalari, bir epkin ila bizga tomon yuzlan
وَيَا غَارَةَ الرَّحْمَانِ جُدِّىْ بِسُرْعَةِ
إِلَيْنَا وَحُلِّى عَقْدَ كُلِّ مُلِمَّةِ
Ey Rahmonning yordami, bizga tezlik ila saxiylik qil
Kel-u, barcha mushkulotlar va balolar tugunini yechib yuborgil
وَيَا رَحْمَةَ الرَّبِّ الرَّحِيْمِ تَوَجَّهِىْ
وَأَحْيِىْ بِرُوْحِ الفَضْلِ كُلَّ رَمِيْمَةِ
Ey rahmdil Rabbning rahmati, bizga qarab yuzlan
Va fazl ruhi ila barcha chirigan vujudlarni tiriltirgil
وَيَاكُلَّ أَبْوَابِ الْقَبُولِ تَفَتَّحِىْ
فَإِنَّ مَطَايَا الْقَصْدِ نَحْوَكَ أَمَّتِ
Ey qabulning barcha eshiklari, lang ochilingiz
Zero, maqsad ulovlari sizga qarab yo‘lga chiqdi
وَيَاسُحُبَ الْجُوْدِ الْإِلَهِيِّ أَمْطِرِىْ
فَإِنَّ أَكُفَّ الْمَحْلِ تِلْقَاكِ مُدَّتِ
Ey ilohiy saxovat bulutlari, ustimizga yog‘ingiz
Chunki qurg‘oqchilik qo‘llari Sizga qarab cho‘zildi
بِحُرْمَةِ هَادِيْنَا وَمُحْيِيْ قُلُوْبِنَا
وَمُرْشِدِنَا نَهْجَ الطَّرِيْقِ الْقَوِيْمَةِ
Yo‘lboshchimiz va qalblarimizni tiriltiruvchi hurmati
To‘g‘ri va mustahkam yo‘lga bizni boshlovchi zot hurmati
دَعَانَا إِلَى حَقٍّ بِحَقٍّ مُنَزَّلٍ
عَلَيْهِ مِنَ الرَّحْمَانِ أَفْضَلَ دَعْوَةِ
U bizni Haqqa, Rahmon tomonidan nozil qilingan haq bilan
Eng afzal va go‘zal da’vat ila chorladi
أَجَبْنَا قَبِلْنَا مُذْعِنِيْنَ لِأَمْرِهِ
سَمِعْنَا أَطَعْنَا عَنْ هُدىً وَبَصِيْرَةِ
Biz uning amriga bo‘ysunib javob berdik va qabul etdik
Hidoyat va basirat ila eshitdik hamda itoat qildik
فَيَارَبِّ ثَبِّتْنَا عَلَى الْحَقِّ وَالْهُدَى
وَيَارَبِّ اِقْبِضْنَا عَلَى خَيْرِ مِلَّةِ
Yo Rabb, bizni Haq va hidoyat yo‘lida sobitqadam qil
Va yo Rabb, jonimizni eng xayrli millat uzra olgin
وَعُمَّ أُصُوْلاً وَالْفُرُوْعَ بِرَحْمَةٍ
وَأَهْلاً وَأَصْحَاباً وَكُلَّ قَرَابَةِ
Ota-onalarimizni va zurriyotlarimizni rahmat ila chulg‘a
Hamda ahlimizni, do‘stlarimizni va barcha yaqinlarimizni
وَسَائِرِ أَهْلِ الدِّيْنِ مِنْ كُلِّ مُسْلِمٍ
أَقَامَ لَكَ التَّوْحِيْدَ مِنْ غَيْرِ رِيْبَةِ
Va din ahli bo‘lgan barcha musulmonlarni ham
Sening uchun shak-shubhasiz tavhidni barpo etganlarni
وَصَلِّ وَسَلِّمْ دَائِمَ الدَّهْرِ سَرْمَداً
عَلَى خَيْرِ مَبْعُوْثٍ إِلَى خَيْرِ أُمَّةِ
Zamonlar osha mangu va abadiy salovot-u salom bo‘lsin
Eng xayrli ummatga yuborilgan eng xayrli zotga
مُحَمَّدٍ الْمَخْصُوْصِ مِنْكَ بِفَضْلِكَ
الْعَظِيْمِ وَإِنْزَالِ الْكِتَابِ وَحِكْمَةِ
Sening buyuk fazling, Kitob nozil bo‘lishi va hikmat ila
Maxsus tanlab olingan zot — Muhammad (s.a.v.)ga