مَا لِي سِوَاكْ هَمْ وَأَنْتَ تَعْلَمْ
Senda oʻzga oʻyim yoʻq, oʻzing bilasan.
Uz
Uz
مَا لِي سِوَاكْ هَمْ وَأَنْتَ تَعْلَمْ
فَالْقُرْبُ مَغْنَمْ وَالْبُعْدُ مَغْرَمْ
Sendan o'zga tashvishim yo'q, O'zing bilursan
Yaqinlik bir g'animat, uzoqlik esa ziyondir
خُذْنِي إِلَيْكَ بَيْنَ يَدَيْكَ
حُسِبْتُ عَلَيْكَ فِي كُلِّ مَا أَعْلَمْ
Meni O'zingga chorla, huzuringga qabul et
Bilganlarim ichra har doim Senga mansubman
أَنْتَ مُرَادِي فَكُنْ لِيْ هَادِي
فَالْقَلْبُ صَادِي فَزِلْ لِيْ ذَا الْهَمْ
Sen maqsadimsan, menga yo'l ko'rsatuvchi bo'l
Qalbim tashnadir, mendan bu g'amni ketkaz
مَنْ ذَا يَكُنْ لِي إِنْ لَمْ تَكُنْ لِي
تَرَى لِذُلِّي وَأَنْتَ أَرْحَمْ
Agar Sen men bilan bo'lmasang, kimim bor?
Xorligimni ko'rib turibsan, Sen rahmliroqsan
كَمْ ذَا أُنَادِي يَا خَيْرَ هَادِي
يَكْفِي بُعَادِي فَالْجُودُ قَدْ عَمْ
Ey hidoyat qilguvchilarning afzali, qancha nido qilmay
Ayroliq yetar, saxovating barchani qopladi
نُورُ الْوِصَالِ مَهْرُهُ غَالِي
سِوَاكَ مَا لِي جُدْ وَتَكَرَّمْ
Visol nurining mahri g'oyat qimmattir
Sendan o'zga kimim bor, marhamat va lutf ayla
قُرْبِي وَبُعْدِي سِيَّانِ عِنْدِي
لِأَنَّ رُشْدِي فِيمَا تَقَسِّمْ
Yaqinlik va uzoqlik men uchun barobardir
Zero, hidoyatim Sen taqsim qilganingdadir
فَاجْعَلْ هِبَاتِي رُوحَ الْحَيَاةِ
حَبِيبْ ذَاتِي طه الْمُعَلِّمْ
Hadya-tuhfalarimni hayot ruhi ayla
Vujudimning mahbubi, muallim Toha erur
تَعْلَمْ لِقَصْدِي حِبِّي وَوُدِّي
فَكُنْ لِلْكُرْدِي فِي كُلِّ مَغْنَمْ
Maqsadimni, sevgim va mehrimni bilursan
Har bir yutuqda Kurdiyga madadkor bo'l
صَلَاةُ رَبِّي لِحَبِيبِ قَلْبِي
طه الْمُرَبِّي عَلَيْهِ سَلَّمْ
Rabbimning saloti qalbim mahbubiga bo'lsin
Murabbiy Toha (s.a.v)ga salomlar bo'lsin