خُذْ مَا صَفَا وَدَعِ الْكَدَر
Tinigʻini ol, loyqasini qoʻy.
Uz
Uz
يَا رَبَّنَا يَا رَبَّنَا
غِثْنَا بِقُرْبِ الـْمُصْطَفَى
Yo Rabbimiz, yo Rabbimiz
Mustafo yaqinligi ila bizga madad ber
وَ ارْحَمْ إِلَهِي ضَعْفَنَا
بِٱلْمُصْطَفَىٰ خَيْرِ ٱلْبَشَرْ
Ilohim, ojizligimizga rahm ayla
Bashar xayri bo‘lmish Mustafo haqqi
خُذْ مَا صَفَا وَدَعِ الْكَدَرْ
وَكِلِ الْأُمُورَ إلى الْقَدَرْ
Musaffosini ol-u, g‘uborini tark et
Va barcha ishlarni taqdirga topshir
مَهْمَا غُلِبْتَ كَمَا أَمَرْ
هَادِي الْوَرَى خَيْرُ الْبَشَرْ
Har qancha mag‘lub bo‘lsang ham buyurilganidek qil
Xaloyiq hidoyatchisi, insonlar sarvari
إِنَّ الْأُمُورَ جَرَى بِهَا
قَلَمٌ عَلَى الْلَّوْحِ الْأَغَرْ
Zero barcha ishlar bitilgandir
Nurafshon Lavh uzra qalam ila
فِي سَابِقِ الْعِلْمِ الْقَدِيمْ
مِنْ قَبْلِ إِيجَادِ الْصُّوَرْ
Azaliy, qadimiy ilmda
Suratlar vujudga kelishidan avval
يَا رَبَّنَا يَا رَبَّنَا
غِثْنَا بِقُرْبِ الـْمُصْطَفَى
Yo Rabbimiz, yo Rabbimiz
Mustafo yaqinligi ila bizga madad ber
وَ ارْحَمْ إِلَهِي ضَعْفَنَا
بِٱلْمُصْطَفَىٰ خَيْرِ ٱلْبَشَرْ
Ilohim, ojizligimizga rahm ayla
Bashar xayri bo‘lmish Mustafo haqqi
وَدَعِ الْهُمُومَ فَإِنَّهَا
يَا صَاحِبِي مَحْضُ الْضَّرَرْ
G‘am-tashvishlarni tark et, zero ular
Ey do‘stim, sof zarardan iboratdir
وَاغْنَمْ زَمَانَكَ وَاسْتَرِحْ
مِنْ لَوْ وَلِمْ تَلْقَ الْظَّفَرْ
Vaqtingni g‘animat bil va orom ol
"Agar" va "nechun"dan qutulib, zafar topursan
وَارْجِعْ إِلَى اللَّهِ إِذَا
مَالَحَّ خَطْبٌ أَوْ عَصَرْ
Allohga qaytgin, qachonki
Bir musibat bossa yoki siqsa seni
وَإِذَا بُلِيتَ بِمِحْنَةٍ
فَاصْبِرْ لَهَا فِيمَنْ صَبَرْ
Agar bir kulfat ila imtihon qilinsang
Sabr qilguvchilar bilan birga unga sabr qil
يَا رَبَّنَا يَا رَبَّنَا
غِثْنَا بِقُرْبِ الـْمُصْطَفَى
Yo Rabbimiz, yo Rabbimiz
Mustafo yaqinligi ila bizga madad ber
وَ ارْحَمْ إِلَهِي ضَعْفَنَا
بِٱلْمُصْطَفَىٰ خَيْرِ ٱلْبَشَرْ
Ilohim, ojizligimizga rahm ayla
Bashar xayri bo‘lmish Mustafo haqqi
مِنْ كُلِّ بَرٍّ مُوقِنٍ
مُتَوَقِّرٍ عِنْدَ الْغِيَرْ
Har bir sodiq va amin qalb kabi bo‘l
Taqdir o‘zgarishlari vaqtida viqorni saqlovchi
وَإِذَا خُصِصْتَ بِنِعْمَةٍ
فَاشْكُرْ مَعَ مَنْ قَدْ شَكَرْ
Va agar bir ne’mat ila siylansang
Shukur qilguvchilar bilan birga shukrona ayt
لِلَّهِ رَبِّ الْعَالَمِينْ
تُعْطَ الْمَزِيدَ كَمَا ذَكَرْ
Olamlar Robbi bo‘lmish Allohga
Shunda aytilganidek, senga ziyodasi berilur
وَاعْمَلْ لِنَفْسِكَ صَالِحًا
تَنْجُو بِهِ مِنْ كُلِّ شَرْ
Nafsing uchun solih amallar qil
Toki har bir yomonlikdan najot topgay-san
يَا رَبَّنَا يَا رَبَّنَا
غِثْنَا بِقُرْبِ الـْمُصْطَفَى
Yo Rabbimiz, yo Rabbimiz
Mustafo yaqinligi ila bizga madad ber
وَ ارْحَمْ إِلَهِي ضَعْفَنَا
بِٱلْمُصْطَفَىٰ خَيْرِ ٱلْبَشَرْ
Ilohim, ojizligimizga rahm ayla
Bashar xayri bo‘lmish Mustafo haqqi
وَتَفُوزُ بِالْحُسْنَى وَبِالْــــ
ــــجَنَّاتِ دَارِ الْمُسْتَقَرْ
Va ulkan mukofot hamda
Barqarorlik diyori bo‘lmish Jannatlar bilan zafar quchursan
دَارِ الْبَقَا دَارِ الْنَّعِيمْ
دَارِ الْكَرَامَةِ وَالْنَّظَرْ
Boqiylik diyori, ne’matlar diyori
Izzat-ikrom va Jamolga nazar diyori
وَأَعِدَّ زَادَكَ لِلْمَعَادْ
مِنْ قَبْلِ يَفْجَاكَ الْحَذَرْ
Qaytish kuni uchun ozug‘ingni hozirla
Kutilmagan xatar seni to‘satdan tutmasidan avval
فَالْمَوْتُ آتٍ عَنْ قَرِيبْ
وَلَعَلَّ يَوْمَكَ قَدْ حَضَرْ
Zero o‘lim yaqinda kelguvchidir
Balki sening kuning allaqachon hozir bo‘lgandir
يَا رَبَّنَا يَا رَبَّنَا
غِثْنَا بِقُرْبِ الـْمُصْطَفَى
Yo Rabbimiz, yo Rabbimiz
Mustafo yaqinligi ila bizga madad ber
وَ ارْحَمْ إِلَهِي ضَعْفَنَا
بِٱلْمُصْطَفَىٰ خَيْرِ ٱلْبَشَرْ
Ilohim, ojizligimizga rahm ayla
Bashar xayri bo‘lmish Mustafo haqqi
يَا رَبُّ أَنْتَ الْمُبْتَغَى
وَالْمُرْتَجَى وَالْمُدَّخَرْ
Yo Rabbiy, Sening O‘zing maqsadsan
Umid qilingan va zaxira qilingan zotsan
يَا رَبَّنَا فَاسْتُرْ وَسَا
مِحْ أَنْتَ أَكْرَمُ مَنْ سَتَرْ
Yo Rabbimiz, ayblarimizni yashir va kechir
Zero Sen yashirguvchilarning eng karamlisisan
يَا رَبَّنَا وَانْظُرْ إِلَيـْــــ
ـــنَا أَنْتَ أَحْسَنُ مَنْ نَظَرْ
Yo Rabbimiz, bizga nazar sol
Sen nazar qilguvchilarning eng afzalisan
يَا رَبَّنَا وَاخْتِمْ لَنَا
بِالْخَيْرِ إِنْ حَانَ الْسَّفَرْ
Yo Rabbimiz, xotimamizni xayrli qil
Qachonki oxirat safari vaqti yetsa
يَا رَبَّنَا يَا رَبَّنَا
غِثْنَا بِقُرْبِ الـْمُصْطَفَى
Yo Rabbimiz, yo Rabbimiz
Mustafo yaqinligi ila bizga madad ber
وَ ارْحَمْ إِلَهِي ضَعْفَنَا
بِٱلْمُصْطَفَىٰ خَيْرِ ٱلْبَشَرْ
Ilohim, ojizligimizga rahm ayla
Bashar xayri bo‘lmish Mustafo haqqi
ثُمَّ الصَّلَاةُ عَلَى الرَّسُولْ
خَيْرِ الْبَرِيَّةِ مِنْ مُضَرْ
So‘ngra Rasulga salovotlar bo‘lsin
Mudar qabilasidan bo‘lgan xaloyiqning eng afzaliga
خَتْمِ الْنَّبِيِّينَ الْكِرَامْ
نِعْمَ الْمَصَابِيحُ الْغُرَرْ
Ulug‘ Payg‘ambarlarning xotimasiga
Nurafshon chiroqlarning eng go‘zaliga
وَآلِهِ وَاصْحَابِهِ
وَالتَّابِعِينَ عَلَى الْأَثَرْ
U zotning ahli va sahobalariga
Va ularning izidan ergashgan tobe'inlarga
مَا هَبَّتِ الـــنَّسَمَاتُ بِالْــــ
ــــعَرْفِ الْمُعَنْبَرِ في الْسَّحَرْ
Modomiki muloyim shabbodalar esaversin
Sahar vaqtida anbar bo‘ylari bilan
يَا رَبَّنَا يَا رَبَّنَا
غِثْنَا بِقُرْبِ الـْمُصْطَفَى
Yo Rabbimiz, yo Rabbimiz
Mustafo yaqinligi ila bizga madad ber
وَ ارْحَمْ إِلَهِي ضَعْفَنَا
بِٱلْمُصْطَفَىٰ خَيْرِ ٱلْبَشَرْ
Ilohim, ojizligimizga rahm ayla
Bashar xayri bo‘lmish Mustafo haqqi
أَوْ غَرَّدَتْ وُرْقُ الْحِمَى
فَوْقَ الْغُصُونِ مِنَ الْشَّجَرْ
Yoki haram kaptarlari sayrasin
Daraxtlarning shoxlari uzra