لِي فِي المَدِينَةِ أَحْبَابٌ إِذَا نَظَرُوا
I Have Beloveds In Medina; When They Gaze Upon Me
Uz
لِي فِي المَدِينَةِ أَحْبَابٌ إِذَا نَظَرُوا
إِلَيَّ وَلَّتْ هُمُومِي وَانْجَلَى الضَّرَرُ
Madinada suyukli doʻstlarim bor, menga bir boqsalar
Barcha gʻam-tashvishlarim ketib, aziyatlar arir.
وَأَصْبَحَ القَلْبُ فِي أُنْسٍ وَفِي فَرَحٍ
جَمٍّ وَصَاحَبَنِي التَّوْفِيقُ وَالظَّفَرُ
Shunda qalbim behisob quvonch va uns ichra qolur
Muvaffaqiyat hamda zafar menga hamroh boʻlur.
يَا أَهْلَ طَيْبَةَ هَيَّا إِنَّنِي دَنِفٌ
وَإِنَّنِي لِلَّذِي أَمَّلْتُ مُنْتَظِرُ
Ey Tayba ahli, shoshiling, men ishqdan dardmanman
Va orzu qilgan narsamning intizori boʻlib turibman.
جَرَتْ عَوَائِدُكُمْ أَنَّ المُحِبَّ إِذَا
نَادَاكُمُ بِلِسَانِ الحُبِّ يَنْجَبِرُ
Sizning odatingiz shuki, qachonki biror oshiq
Muhabbat tili bilan chorlasa, koʻngli shod boʻlur.
وَالحُبُّ مِلْءُ جَنَانِي بَلْ تَجَسَّمَ فِي
شَخْصٍ عَلَى صُورَتِي إِنْ دَلَّتِ الصُّوَرُ
Ishq qalbimga toʻlgandir, balki u gavdalangandir
Mening qiyofamda, agar suratlar bir narsani anglatsa.
يَا سَيِّدَ الرُّسْلِ أَدْرِكْنِي فَمَا بَقِيَتْ
لِي حِيلةٌ غَيْرُ حُبٍّ مِنْكَ مُدَّخَرُ
Ey rasullar sayyidi, yetishing menga, zero qolmadi
Sizga boʻlgan saqlangan ishqimdan oʻzga hech choram.
لِلَّهِ مِيلادُكَ الغَالِي الذِي سَعِدَتْ
بِهِ البَسِيطَةُ وَانْجَابَتْ بِهِ الغِيَرُ
Alloh uchun aziz tavalludingiz, u bilan shod boʻldi
Butun borliq va undan barcha kulfatlar chekindi.
يَوْمٌ بِهِ ضَاءَتِ الدُّنْيَا فَمَا طَلَعَتْ
شَمْسٌ عَلَى مِثْلِهِ فِيهَا وَلَا قَمَرُ
U shunday kunki, olam nurga toʻldi, u kabi kun uzra
Quyosh ham, oy ham sira ham chiqqan emas.
تَحِيَّةٌ لَكَ مِنْ قَلْبٍ مُعَطَّرَةٌ
يَزِيدُ عَرْفَ شَذَاهَا رَوْحُكَ العَطِرُ
Sizga muattar qalbdan salomlar boʻlsin
Uning xushboʻyini Sizning muattar ruhingiz yanada orttirur.
وَقَائِلٍ لِيْ مَا تَشْتَاقُ قُلْتُ لَهُ
أَشْتَاقُ طَيْبَةَ شَوْقاً لَيْسَ يَنْحَصِرُ
Menga "Nimani sogʻinasan?" deguvchiga aytdimki:
"Taybani sogʻinaman, poyoni yoʻq bir sogʻinch bilan".
يَا قَائِدَ الجَوِّ أَنْزِلْنِي إِذَا لَمَعَتْ
لِعَيْنِكَ القُبَّةُ الخَضْرَاءُ وَالحُجَرُ
Ey samo uchuvchisi, qachonki koʻzingga koʻrinsa
Yashil gumbaz va hujralar, meni oʻsha yerga tushirgil.
هُنَاكَ أَقْصِدُ شُبَّاكَ الرَّسُولِ لِكَي
أَسْتَغْفِرُ اللهَ حَيْثُ الذَّنْبُ يُغْتَفَرُ
U yerda Rasulullohning panjaralariga borurman
Gunohlar magʻfirat boʻladigan joyda Allohdan avf soʻrash uchun.
عَلَيْكَ صَلَاةُ اللهِ مَا تُلِيَتْ
فِي حَفْلِ مِيلادِكَ الآياتُ والسُوَرُ
Sizga Allohning saloti boʻlsin, toki tilovat qilinar
Milod mahfilingizda oyatlar hamda suralar.
والآلِ والصَحْبِ وَالأَتْبَاعِ قَاطِبَةً
والغَوثِ والقطبِ والأحبَابِ إذْ حَضَرُوا
Oli baytga, ashobga va barcha tobelarga
Gʻavs, qutb va hozir boʻlgan doʻstlarning barchasiga.