هَذَا الْمَقَامُ الَّذِي لَاذَتْ بِهِ الْأُمَمُ
Ummatlar panoh topgan maqom budur.
Uz
هَذَا الْمَقَامُ الَّذِي لَاذَتْ بِهِ الْأُمَمُ
وَأَذْعَنَتْ لِعُلَاهُ الْعُرْبُ وَالْعَجَمُ
Bu barcha ummatlar panoh topgan shunday maqomdir
Uning yuksakligiga arabu ajam birdek bo‘yin egdi.
هَذَا مَقَامُ رَسُولِ اللَّهْ أَكْرَمُ مَنْ
جَاءَتْهُ مِنْ رَبِّهِ الْأَحْكَامُ وَالْحِكَمُ
Bu Alloh Rasulining maqomidir, u zot shunday mukarramki
Rabbidan u zotga barcha hukmlar va hikmatlar keldi.
هَذَا مُحَمَّدُ الْهَادِي الَّذِي مُحِيَتْ
عَنَّا بِنُورِ هُدَاهُ الْظُّلْمُ وَ الْظُّلَمُ
Bu hidoyat elchisi Muhammaddirki, u zot tufayli daf bo‘ldi
Bizdan hidoyat nuri ila barcha zulmatlaru qorong‘uliklar.
هَذَا الَّذِي قَدْ سَمَا فَوْقَ الْسَّمَا
إِلَى مَقَامِ عِزٍّ تَنَاهَتْ دُونَهُ الْأُمَمُ
Bu shunday zotki, samoviy yuksakliklardan ham yuqori o‘tdi
Boshqa ummatlar qoshida ojiz qolgan aziz bir maqomga.
يَا سَيِّدِي يَا رَسُولَ اللَّهْ يَا أَمَلِي
يَا مَنْ أَلُوذُ بِهِ إِنْ زَلَّتِ الْقَدَمُ
Yo sayyidim, yo Rasululloh, ey mening yagona umidim
Ey qadamim toyilganda panohim bo‘ladigan buyuk zot.
بِكَ اهْتَدَيْتُ إِلَى الْإِيمَانِ فَاتَّصَلَتْ
بِذَاكَ عِنْدِي مِنْ أَفْضَالِكَ الْنِّعَمُ
Siz sababli iymon yo‘lini topdim va shu bois menga ulandi
Sizning ulug‘ fazlingizdan kelgan cheksiz ne’matlar.
صَلَّى عَلَيْكَ إِلَهُ الْخَلْقِ مَا سَجَعَتْ
وَرْقٌ وَمَا هَطَلَتْ مِنْ سُحْبِهَا دِيَمُ
Sizga xaloyiqning Ilohi salovot aytsin, toki navo qilar ekan
Kabutarlar va bulutlardan tinimsiz yomg‘irlar yog‘ar ekan.