حَسْنَاءُ تُرْبِعُنَا
Bizga bahor keltiruvchi go'zal
Uz
حَسْنَاءُ تُرْبِعُنَا
دَوْمًا وَتَعْرِفُنَا
Go‘zal bizni shod etar
doim bizni tanir u
حَلَّتْ لِتَمْنَحَنَا
عَدْلًا وَإِحْسَانَا
In‘om etmoq-chun keldi
adolat va ehsonni
مِنْ قُدْرَةٍ شَرُفَتْ
مَيْمُونَةٌ عُرِفَتْ
Sharafli bir qudratdan
muborak deb tanildi
بِالْحُسْنِ قَدْ وُصِفَتْ
سِرًّا وَإِعْلَانَا
Husn ila sifatlandi
pinhon-u ham oshkoro
تَكَامَلَتْ أَلَقَا
خَلْقًا حَكَى خُلُقَا
Yorqinlikda mukammal
xulqi kabi xilqati
وَالْكُلُّ مُتَّسِقا
مِنْهُ الْضِّيَا بَانَا
Barchasi mutanosib
undan ziyo taralar
رَاقَتْ مَشَارِبُهَا
نِيلَتْ مَطَالِبُهَا
Mashrablari musaffo
maqsadlari hosildir
صَارَتْ مَنَاقِبُهَا
لِلْفَخْرِ كَيْوَانَا
Uning oliy fazli-la
faxr yetdi Zuhalga
عَمَّتْ مَآثِرُهَا
سَارَتْ بَشَائِرُهَا
Ta’siri bo‘ldi omma
xushxabari tarqaldi
تَهْدِي خَوَاطِرُهَا
الْأَرْوَاحَ إِيقَانَا
Uning o‘y-fikrlari
ruhlarga berar iymon
فِي وَصْفِهِ عِبَرٌ
لَمْ يَحْكِهَا بَشَرٌ
Sifatida ibrat bor
bashar aytib berolmas
وَالْكُلُّ مُنْبَهِرٌ
مَا انْفَكَّ هَيْمَانَا
Hammaning aqli hayron
hamon sargardon-oshiq
فَقَامَةٌ رَبْعَةْ
كَمَا تَرَى طَبْعَهْ
Qomati o‘rtacha bo‘y
tabiatin ko‘rganday
تَفُوقُ بِالطَّلْعَهْ
مَنْ طَالَ سِيقَانَا
Jamoli ila o‘zar
bo‘yi uzunlardan ham
فِي وَجْهِهِ قَمَرٌ
فِي ثَغْرِهِ دُرَرٌ
Yuzida to‘lin oydir
tishlari misli durdir
فِي نُطْقِهِ خَفَرٌ
بِالْصَّمْتِ قَدْ زَانَا
Nutqida bor hayosi
sukut unga ziynatdir
وَجَبْهَةٌ عَرُضَتْ
لِلَّهِ قَدْ خُفِضَتْ
Kengdir uning peshonasi
Alloh uchun egilgan
وَبِالْنُّهَى نَهَضَتْ
عِزًّا وَعِرْفَانَا
Aql bilan yuksalar
izzat va ma’rifatda
فِي وَجْهِهِ بَلَجٌ
فِي عَيْنِهِ دَعَجٌ
Yuzida bor yorqinlik
ko‘zlari tim qoradir
فِي حَاجِبٍ زَجَجٌ
بِالْحُسْنِ مُزْدَانَا
Qoshlari esa kamon
husn ila bezalgandir
إِنْ رِيءَ يَتْبَعُهُ
نُورًا يُزَامِنُهُ
Ko‘rinsa unga ergashar
hamroh bo‘lgan nurlar ham
فَالْأَنْفُ مَارِنُهُ
أَقْنَى وَحِدْبَانَا
Burunlari qirrali
xushbichim va balanddir
وَثَغْرُهُ ضَلِعٌ
وَالْصَّدْرُ مُتَّسِعٌ
Og‘izlari keng-mo‘l
ko‘kraklari esa keng
وَالْبَطْنُ مُرْتَجِعٌ
بِالْصَّدْرِ خَمْصَانَا
Qorinlari tekis-zich
ko‘krak bilan barobar
وَالْوَجْهُ دُرِّيٌّ
وَالْلَّوْنُ وَرْدِيٌّ
Yuzlari durdek porloq
rangi misli gul-atrif
وَالْرُّوحُ نُورِيٌّ
أَضَاءَ أَكْوَانَا
Ruhi esa nuroniy
borliqni yoritgan u
ضَخْمُ الْكَرَادِيسِ
زَاكِي الْأَحَاسِيسِ
Bo‘g‘imlari baquvvat
hislari pokiza pok
فَرْدُ الْنَّوَامِيسِ
مَا مِثْلُهُ كَانَا
Qonunlarda yagonadir
unga o‘xshash bo‘lmagan
أَكْحَلُ أَجْفَانٍ
أَشْنَبُ أَسْنَانٍ
Ko‘zlarida surmasi
tishlari oppoq yarqir
حَبَّاتُ رُمَّانٍ
هَلْ رَيْتَ رُمَّانَا
Anorning donalaridir
ko‘rganmisan bunday anor?
وَلِحْيَةٌ كَثَّا
تَنَاسَقَتْ بَثَّا
Soqollari serjun-zich
tartibli va chiroyli
وَجُمَّةٌ أَثَّا
لَمْ تَعْدُ آذَانَا
Sochlari qalin-shoda
quloqdan pastga o‘tmas
بَدْرُ الْدُّجَى فَمُهُ
إِنْ رِيءَ مَبْسَمُهُ
Zulmat oyi og‘zidir
tabassum aylagan on
وَالْكُلُّ مَنْسَمُهُ
بَرًّا وَخُلْجَانَا
Barcha joyda izi bor
quruqlik va dengizda
فَالْرَّحْمُ وَاصِلُهُ
وَالْكَلُّ حَامِلُهُ
Silai rahm qilguvchi
og‘ir yukni ko‘tarar
وَالْخَيْرُ فَاعِلُهُ
سِرًّا وَإِعْلَانَا
Yaxshilikni qilguvchi
yashirin va oshkor
فِي الْخَلْقِ هَيْبَتُهُ
فِي الْحَقِّ غَيْبَتُهُ
Xalqda bordir haybati
haqda esa g‘oyibdir
تَفُوقُ طِيبَتُهُ
جِنًّا وَإِنْسَانَا
Uning pokligi o‘zar
jinniyu insonlardan
وَحَبْلُ سُرَّتِهِ
مِنْ حُسْنِ غُرَّتِهِ
Kindik uzra tuklari
go‘zal yuzi nuri-la
مَا مِثْلُ نَظْرَتِهِ
عِزًّا وَإِيْمَانَا
Boqishi kabi yo‘qdir
izzat va iymonda hech
قَدْ دَقَّ مَسْرُبَةً
وَفَاقَ مَرْتَبَةً
Tuklari nozik-ingichka
martabada eng yuksak
وَعَزَّ مَنْقَبَةً
سَادَ الْوَرَى شَانَا
Fazli ila azizdir
xalq uzra shoni baland
قَلِيلُ لَحْمِ عَقِبْ
وَالْصَّدْرُ مِنْهُ رَحِبْ
Tovoni go‘shti ozdir
ko‘kragi esa kengdir
فَصْلَ الْخِطَابِ وُهِبْ
فَفَاقَ سَحْبَانَا
Fasli xitob berildi
o‘tib ketdi Sahbondan
كَالْمِسْكِ فِي هَبَبٍ
يَنْحَطُّ مِنْ صَبَبٍ
Taralgan mushk kabidir
tepalikdan tushgandek
يُنْسِي أَخَا تَعَبٍ
أَهْلًا وَبُلْدَانَا
Charchagan kishiga u
vatanin unuttirar
فَحُبُّهُ إِيمَانْ
وَبُغْضُهُ كُفْرَانْ
Uni sevmoqlik iymon
yomon ko‘rmoq kufrondir
يَا وَيْلَ مَنْ قَدْ شَانْ
فِي الْمَدْحِ إِنْسَانَا
Voy bo‘lsin yomonlagan
shunday aziz insonni
يَا رَبِّ أَسْعِدْنَا
بِنُورِهِ عِدْنَا
Yo Rabbim baxtiyor et
nuri bilan qaytar bizni
حَتَّى نَرَى الْحُسْنَى
دُنْيَا وَأُخْرَانَا
To ko‘rguncha Husnoni
dunyo-yu oxiratda
صَلَّى وَسَلَّمَ مَنْ
أَوْلَى الْوَرَى مِنَنَا
Salovat va salomlar
inoyat qilgan Zotdan
عَلَى الْنَّبِيِّ زَمَنَا
رَبٌّ عَلَا شَانَا
Nabiy uzra hamisha
shoni oliy Rabbimdan
كَذَلِكَ الْزَّهْرَا
وَأُمِّهَا الْغَرَّا
Shuningdek bo‘lsin Zahro
va onasi - ulug‘ga
وَآلِهِمْ طُرَّا
مَا الْبَدْرُ نَاغَانَا
Hamda barcha ollarga
to to‘lin oy turguncha