حَيُّوا الْهَادِي بِأَجْمَلَ ذِكْرَى
Hidoyatchini eng go‘zal zikr ila qutlang.
Uz
حَيُّوا الْهَادِي بِأَجْمَلَ ذِكْرَى
صَلُّوا مَعَنَا يَا حُضَّارْ
Hidoyat yo‘llovchini eng go‘zal zikr-la qutlang
Biz bilan salovat ayting, ey hozir bo‘lganlar
فَهُوَ عِمَادِي يَوْمَ الْمَعَادِ
نَبِيُّنَا طٰهَ الْمُخْتَارْ
Zero u qiyomat kunida mening tayanchimdir
Payg‘ambarimiz Toho, Tanlangan zotdir
صَلُّوا مَعَنَا
Biz bilan salovat ayting
هٰذَا الَّذِي سَرَى لَيْلًا
ثُمَّ دَنَا فَتَدَلَّى
Ul zotki, bir tunda sayr qildilar
So‘ngra yaqinlashib, yanada yaqin bo‘ldilar
وَهُوَ بِالْأُفُقِ الْأَعْلَى
حَبَاهُ الْوَاحِدُ الْسَّتَّارْ
U zot yuksak ufqda bo‘lganlarida
Yagona va ayblarni yashiruvchi Zot unga in’omlar berdi
فَهُوَ عِمَادِي يَوْمَ الْمَعَادِ
نَبِيُّنَا طٰهَ الْمُخْتَارْ
Zero u qiyomat kunida mening tayanchimdir
Payg‘ambarimiz Toho, Tanlangan zotdir
صَلُّوا مَعَنَا
Biz bilan salovat ayting
عَلَى الْعَرْشِ رَقَى الْجَمِيلْ
وَكَلَّمَهُ الْمَوْلَى الْجَلِيلْ
Ul go‘zal zot Arshga ko‘tarildilar
Ulug‘ Mavlo u zot bilan so‘zlashdi
وَقَالَ أَبْشِرْ يَا خَلِيلْ
شَفَاعَتُكَ لِمَنْ تَخْتَارْ
Va aytdi: "Xushxabar bo‘lsin, ey sevikli do‘st
Shafoatingiz o‘zingiz tanlagan kishingiz uchundir"
فَهُوَ عِمَادِي يَوْمَ الْمَعَادِ
نَبِيُّنَا طٰهَ الْمُخْتَارْ
Zero u qiyomat kunida mening tayanchimdir
Payg‘ambarimiz Toho, Tanlangan zotdir
صَلُّوا مَعَنَا
Biz bilan salovat ayting
صَلَّى مَوْلَانَا عَلَيْهْ
وَالْآلِ وَالصَّحْبِ لَدَيْهْ
Mavlomiz u zotga salovat yo‘llasin
Hamda u zotning ahli va atrofidagi sahobalariga
مَنْ جَاهَدُوا بَيْنَ يَدَيْهْ
وَنَوَّرُوا لَنَا الْأَفْكَارْ
Ularki, u zotning huzurida jihod qildilar
Va biz uchun fikrlarimizni nurafshon etdilar
فَهُوَ عِمَادِي يَوْمَ الْمَعَادِ
نَبِيُّنَا طٰهَ الْمُخْتَارْ
Zero u qiyomat kunida mening tayanchimdir
Payg‘ambarimiz Toho, Tanlangan zotdir
صَلُّوا مَعَنَا
Biz bilan salovat ayting