مَعَانِي قَدْ بَدَتْ عِنْدِي غَرِيبَهْ
Menga g'aroyib ma'nolar zohir bo'ldi.
Uz
مَعَانِي قَدْ بَدَتْ عِنْدِي غَرِيبَهْ
وَمَا تُفْضِي إِلِيْهْ بَعْدُ أَغْرَبْ
Menda ajib va nodir ma’nolar zohir bo‘ldi
Ularning oqibati esa yanada hayratomuzdir
مِنَحْ مِنْ فَضْلِ مَوْلَانَا عَجِيبَهْ
وَمَاذَا فِي عَطَاهُ لَيْسَ أَعْجَبْ
Mavlomizning fazlidan bo‘lgan in’omlar naqadar go‘zal
Uning karamidagi nimaiki bo‘lmasin, ajib emasmi?
وَعِيدُ الْصَّبِ أَنْ يَلْقَى حَبِيبَهْ
وَسُبْحَانَ الَّذِي قَرَّبْ وَحَبَّبْ
Oshiqning bayrami o‘z Mahbubi bilan diydorlashmoqdir
Bizni yaqin qilgan va muhabbat baxsh etgan Zot pokdir
مَعِي أَقْوَامْ فِي أَعْلَى كَتِيبَهْ
لَهُمْ أَسْرَارْ لَا تُحْصَى وَتُكْتَبْ
Men bilan birga oliy martabali zotlar bor
Ularning sirlari bor — na sanab bo‘lur, na yozib
مَوَاهِبْ عَالِيَةْ مَا هِيْ كَسِيبَهْ
وَإِحْسَانُ الْمُهَيْمِنْ لَيْسَ يُحْسَبْ
Bular yuksak tuhfalar bo‘lib, mehnat bilan topilmas
Zero, Muhaymin Zotning ehsoni hisobsizdir
وَمَنْ لُهْ سَابِقَهْ يُدْرِكْ نَصِيبَهْ
مُوَفَّى دُونَ أَنْ يَشْقَى وَيَتْعَبْ
Kimga azaldan ne’mat bitilgan bo‘lsa, u o‘z nasibasini olar
Mashaqqat va charchoqsiz unga to‘la-to‘kis berilur
وَنَفْحَةُ بَاسِطِ الْنَّعْمَى قَرِيبَهْ
تَعَرَّضْ يَا فَتَى مِنْهَا تَقَرَّبْ
Ne’matlarni yoyuvchi Zotning nafasi juda yaqindir
Ey yigit, o‘zingni unga tut va Unga yaqinlash
عَسَى الْمَكْلُومْ أَنْ يَلْقَى طَبِيبَهْ
فَيُضْحِي الْعِيْشْ لُهْ أَطْيَبْ وَأَطْيَبْ
Shoyadki, yarador ko‘ngil o‘z Tabibini topsa
Shunda hayot u uchun yanada shirin va pok bo‘lgay
وَصَلَّى اللهُ مَا أَفْهَامٌ نَجِيبَهْ
وَعَتْ قَوْلاً بِمَاءِ الْعَيْنِ يُكْتَبْ
Alloh salovot yo‘llasin, toki o‘tkir zehnlar
Ko‘z yoshi bilan yozishga loyiq so‘zlarni anglagay
عَلَى خَيْرِ الْوَرَى الْهَادِي حَبِيبِهْ
وَآلِهْ وَالَّذِي لِلْطُّهْرِ يَصْحَبْ
Yaratilganlarning eng yaxshisi, Hidoyat elchisi bo‘lgan Habibga
Hamda u zotning oilasi va barcha pok sahobalariga