ْيَاجَمَالُه
Oh, How Beautiful He Is!
Uz
آه يَا جَمَالُه يَا جَمَالُهْ
سِيدْنَا النَّبِى يَا جَمَالُهْ
Oh, uning go'zalligi, uning go'zalligi
Sayyidimiz Nabiy, oh uning go'zalligi
سِيدْنَا النَّبِى يَا جَمَالُهْ
Sayyidimiz Nabiy, oh uning go'zalligi
كَحِيلُ الطَّرْفِ حَبِيبِي لَوْ تَرَاهُ
ضَحُوكُ السِّنِّ لِلْعَاشِقِ رَمَاهُ
Ko'zlari surmalik habibimni gar ko'rsang
Kulib turgan tishlari bilan oshiqni rom etdi
بَهِيُّ الطَّلْعَةْ فَالْمَوْلَى اصْطَفَاهُ
وَكُلُّ الْخَلْقِ أَنَارَ بِنُورِ طه
Chiroyi nurli edi, Mavlo uni tanlab oldi
Butun xaloyiq Toha nuri bilan yorishdi
وَلَا ظِلُّ لَهُ بَلْ كَانَ نُوْرَا
تَنَالَ الشَّمْسُ مِنْهُ هُوَ الْبُدُوْرَ
Soyasi yo'q edi, balki o'zi bir nur edi
Quyosh undan nur olar, u esa to'lin oydir
وَلَمْ يَكُنِ الْهُدَى لَوْلَاهُ ظُهُوْرَا
وَ كُلُّ الْكَوْنِ أَنَارَ بِنُوْرِ طَــــــهَ
Agar u bo'lmaganda hidoyat zohir bo'lmasdi
Butun borliq Toha nuri bilan munavvar bo'ldi
وَكَفُّ الْمُصْطَفَى كَالْوَرْدِ نَادِى
وَعِطْرُهَا يَبْقَى إِذَا مَسَّتْ أَيَادِى
Mustafoning kafti shabnamli gul kabi
Qo'llarga tegsa, ifori unda boqiy qolur
وَعَمَّ نَوَالُهَا كُلَّ الْعِبَادِ
حَبِيبُ اللهِ يَا خَيْرَ الْبَرَايَا
Uning ehsoni barcha bandalarni qamradi
Allohning habibi, ey xaloyiqning eng yaxshisi
وَرِيقُ الْمُصْطَفَى يَشْفِي الْعَلِيلَ
وَعَيْنُ قَتَادَةَ خُذْهَا دَلِيلًا
Mustafoning muborak so'lagi xastaga shifo
Qatodaning ko'zini bunga dalil qilib ol
تَفَلَ فِي الْبِئْرِ أَضْحَتْ سَلْسَبِيلًا
وَصَارَ لِصَحْبِهِ شَهْدًا مُدَامًا
Quduqqa tufladi, u Salsabilga aylandi
Sahobalariga u asal va sharbat bo'ldi