بَادِرْ لَقَدْ فَاتَتْكَ الْغَنَائِمْ
Shoshil! Gʻanimatlar sendan oʻtib ketdi.
Uz
بَادِرْ لَقَدْ فَاتَتْكَ الْغَنَائِمْ
تَقَاسَمُوهَا وَأَنْتَ نَائِمْ
Shoshilgin, g‘animatlar sendan o‘tib ketdi
Sen uxlab yotganingda ularni bo‘lishib oldilar
وَلَوْ رَأَيْتَ الَّذِينَ فَازُوا
نُحْتَ كَمَا نَاحَتِ الْحَمَائِمْ
Agar zafar quchganlarni ko‘rganingda edi
Kabutarlar nola qilganidek faryod chekkan bo‘lur eding
إِنْ رُمْتَ أَلَّا تَكُونَ نَادِمْ
قُمْ لِحَبِيبِ الْقُلُوبِ لَازِمْ
Agar aslo pushaymon bo‘lmaslikni istasang
O‘rningdan tur va qalblar Mahbubiga bog‘lan
وَلَازِمِ الْبَابَ يَا مُعْنَّى
إِنَّ الْسَّعِيدَ الَّذِي يُلَازِمْ
Ey charchagan qalb, eshikni mahkam tut
Zero, haqiqiy baxtiyor kishi shu eshikda sobit turguvchidir
مَنْ لَازِمَ الْبَابَ نَالَ قُرْبا
وَفَازَ بِالْأَجْرِ وَالْغَنَائِمْ
Kimki eshikni mahkam tutsa, yaqinlik topur
Hamda mukofot va g‘animatlarga noil bo‘lur
وَلَا تَنَمْ سَاعَةَ الْتَّجَلِّي
فَلَيْسَ يَحْظَى بِالْأَجْرِ نَائِمْ
Tajalliy soatida zinhor uxlab qolma
Zero, uxlab yotgan kishi mukofotga erisha olmas
قَدْ جَرَحَتْ قَلْبِيَ الْخَطَايَا
وَلَسْتُ أَلْقَى لَهَا مَرَاهِمْ
Gunohlar qalbimni og‘ir yaraladi
Va men ular uchun hech bir malham topolmayapman
سِوَى الْرِّضَا مِنْكَ يَا إِلَهِي
يَا وَاسِعَ الْجُودِ وَالْمَكَارِمْ
Magar Sening roziliging bo‘lsa, ey Ilohim
Ey saxovati keng va karami cheksiz bo‘lgan Zot
وَقَدْ تَوَسَّلْنَا يَا إِلَهِي
بِسَيِّدِ الْعَرَبِ وَالْأَعَاجِمْ
Ey Rabbim, biz Senga vasila qilib yuzlandik
Arabu ajamning sayyidi orqali
نَبِيِّنَا الْمُصْطَفَى الْتِّهَامِي
مَنْ جَاءَ لِلْأَنْبِيَاءِ خَاتَمْ
Payg‘ambarimiz Mustafo va Tihomiy ila
U zot payg‘ambarlarning xotami bo‘lib kelgan zotdir